Dunyoning eng boy insoni "Liverpul"ni sotib oladimi?

Administrator
8 yanv 2025
Ilon Maskning otasi bunga shama qildi.

Dunyodagi eng boy inson Ilon Maskning otasi Errol Mask o'g'li "Liverpul"ni sotib olishni istagida ekanini aytdi. Katta Mask Liverpul shahrida uning uzoq qarindoshlari yashaganini qo'shimcha qildi.

"O'g'lim [Ilon Mask] "Liverpul"ni sotib olishdan mamnun bo'lardi. Uning buvisi Liverpuldan. Bizning oilamiz o'sha yerdan bo'lgan, ular Bitlz guruhi bilan birga katta bo'lishgan", -deydi Errol Mask.

Forbes talqiniga ko'ra, Ilon Maskning ayni damdagi boyligining tahminiy qiymati 415.6 milliard dollarni tashkil qiladi. "Liverpul" klubi esa tahminan 4.5-5 mlrd dollarga baholanadi. 


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia