Ikrom Aliboev: "Terma jamoada muhit a'lo darajada"

Narzulla Saydullayev
11 noya 2021, 16:16
O'zbekiston terma jamoasi va "Tedjon Sitizen" klubi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev bugungi mashg'ulotlardan oldin intervyu berdi.

"Garchi klubimning oxirgi o'yinlarida ishtirok eta olmagan bo'lsam ham, holatim yaxshi deya olaman. Klubim oldiga qo'yilgan dastlabki vazifani bajargani uchun menga biroz dam berishgandi. Klubim yuqori ligaga chiqish uchun pley-offda o'ynaydi.

Terma jamoada muhit a'lo darajada. Murabbiy o'zgardi, yangi va yosh futbolchilar keldi.

Jarohatim? Operaciya bo'lgan joyi yaxshi, maydonga tushishga 100 foiz tayyorman. Biz professionalmiz va har qanday muhitga ko'nikishimiz kerak", - deydi Ikrom Aliboev.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia