Ikich Frane: "Jamoamiz bu o'yinda g'alaba qozonishga haqli edi"

Khoja
28 avg 2025
"Buxoro" himoyachisi Ikich Frane kechagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

– O'yin haqida

– Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. "Bunyodkor" bilan gollarga boy ajoyib o'yin o'tkazdik. Menimcha, g'alabaga loyiq edik. Xullas, keyingi bosqichga yo'l oldik.

– Himoyachi uchun gol urish muhimroqmi yoki jamoasi gol o'tkazishiga yo'l qo'ymaslik?

– Maydonda 11 nafar futbolchi to'p tepadi. Unda barcha harakat qiladi, shu bois bu g'alaba hammaniki. Men bu o'yinda gol urdim, keyingi o'yinda boshqa kimdir gol uradi, futbol shunday. Jamoamiz bu o'yinda g'alaba qozonishga haqli edi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia