Igor Tudor: "Ishonch bilan aytaman, "Tottenxem" ligadan tushib kyetmaydi"

Mirjalol Normatov
20 fev 2026, 23:33
"Tottenxem"ning yangi bosh murabbiyi Igor Tudor jamoaning ligadan chiqib ketmasligiga ishonishini aytdi.

"Ishonch bilan aytaman, "Tottenxem" ligadan tushib kyetmaydi. Jamoaning ligada qolish uchun kurashayotgani hech nimani anglatmaydi. Aniqrog'i, har qanday o'rin uchun kurash, xoh xavfsiz bo'lsin, xoh birinchi o'rin yoki evrokuboklar o'rni bo'ladimi, qanday tushuntirsam ekan... barchasi hafta davomida nima qilishingizga bog'liq. Agar qanday ishlayotganingizni bilsangiz, natijasi yakshanba kuni bilinadi. Agar ligada qolish yoki biron bir aniq vazifa uchun kurashish haqida o'ylay boshlasangiz, bu hech narsaga olib kelmaydi. Bu maqsadlarning barchasi biz uchun olisda, men ularga hech qachon ahamiyat bermayman, hech qachon natijalar haqida gapirmayman. Men bunga ishonmayman - men mashg'ulotlarga tayanaman.

Farq 5, 10 ochkolik yoki 2 ochkolik bo'lishi mumkin - lekin yo'nalish o'zgarmaydi. Faqatgina biz qanday jamoa bo'lishimiz kerakligi haqida o'ylashimiz kerak.

10 futbolchi safdan chiqib, barchasi jiddiy jarohat olishi har doim ham bo'lmaydigan holat. Mashg'ulotimizda 13 futbolchi ishtirok etdi. Va bu 13 futbolchi orqali natijaga ham erishish mumkin. O'yinning muhimligini bilib turibman. Bu London derbisi. Derbida barcha jamoasidan g'alaba kutadi", - dedi Tudor.

"Tottenxem" navbatdagi uchrashuvini 22 fevral kuni o'tkazadi va unda "Arsenal"ni o'z maydonida qabul qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN