Igor Ivanovich Ximich - “Neftchi” futbol akademiyasi direktori

Mirjalol Normatov
2 okt 2025, 22:14
Ukraina futbolida katta tajribaga ega mutaxassis, sobiq murabbiy Igor Ivanovich Ximich endi “Neftchi” futbol akademiyasi direktori sifatida faoliyat yuritadi.

Igor Ivanovich Ximich akademiyamizda mashg'ulotlarni Lobanovskiy metodi asosida tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu metod futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, taktik fikrlashini va jamoaviy uyg'unligini yuqori darajada shakllantirishga qaratilgan.

Igor Ximich xaqida

• 1967 yil 1 sentyabr kuni Ukraina tug'ilgan.

• Futbolchilik faoliyati davomida Niva (Mironovka), Katex (Irpin), Fakel-GPZ (Varva) va Rigonda-2 (Bela Serkva) klublarida darvozabon sifatida o'ynagan.

• 2001 yilda futbolchi sifatida karerasini yakunlab, murabbiylikka o'tdi.

• 2002–2010 yillarda bir necha marta Ros (Bela Serkva) klubini boshqargan.

• 2010 yilda qisqa muddat Desna (Chernigov) jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajargan.

• Keyingi yillarda Ukraina futbol federatsiyasida instruktor sifatida ishlab, metodologiya va yosh murabbiylarni tayyorlash bo'yicha bosh mutaxassis lavozimida faoliyat olib borgan.

Igor Ivanovich Ximich klubimiz akademiyasini yanada zamonaviy va samarali tizim asosida rivojlantirish, yosh futbolchilar uchun etuk sharoitlar yaratish hamda xalqaro tajribani amaliyotga joriy etishni asosiy vazifa qilib belgilagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати