Husanovning sobiq murabbiyi Angliya jamoasini boshqaradi

Khoja
25 may 2025
APLni tark etgan “Sautgempton“ o'ziga yangi murabbiy topdi.

Sky Sport xabar berishicha, jamoani “Lans“ sobiq bosh murabbiyi Uill Still boshqaradi. 32 yoshli mutaxassis ingliz jamoasi bilan 3 yillik shartnoma tuzadi.

Eslatib o'tamiz, Still bir oy avval “Lans“ bilan shartnomasini bekor qilishga majbur bo'lgandi. U Abduqodir Husanovning sobiq murabbiyi hisoblanardi.


KhojaMuallif
Manba: sky sports