Here we go! Xames Rodriges La Ligaga qaytadi

Administrator
26 avg 2024
"Real" sobiq futbolchisi yana Yevropada to'p tepadi.

Xames Rodriges Ispaniyaning "Rayo Valekano" klubi bilan muzokaralarni yakunladi. Futbolchi endi La Ligaga qaytadi. Barchasi hal bo'lgan Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. 

Xames ispan klubi bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Bitimda kelishuvni yana bir mavsumga cho'zish imkoniyati mavjud.

Futbolchi keyingi hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano