

"Chelsi"ni tanladim, sababi bu juda katta klub va bu yerda qurilayotgan katta loyiha juda ham yoqadi. Bu yerda bo'lishdan juda xursandman va menga London yoqishini qayd etishim kerak", - deydi Gyusto.
19 yoshli francuz "Chelsi" bilan 2030 yilga qadar shartnoma imzoladi, ammo mavsumning qolgan qismini hozirgi klubida ijarada o'tkazadi.
Guston "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022/23 yilgi mavsum Liga 1 doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, bitta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali o'yinchini 15 million evroga baholamoqda.



