Gvardiola Rodrining ahvoli haqida axborot berdi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2025
"Manchester Siti" seshanba kuni Chempionlar Ligasining beshinchi tur o'yinida "Bayer"ni qabul qiladi.

"Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida jamoadagi ahvol haqida fikr bildirdi.

"Rodri va Kovachich ertaga o'ynamaydi. Qolganlarning hammasi ertaga o'ynaydi. Rodriga kelsak, u qachon qaytishini aniq bilmayman. Uning sog'-salomat ekanligiga ishonch hosil qilish uchun biroz kutamiz", – dedi Gvardiola jurnalistlarga.

"Manchester Siti" va "Bayer" o'rtasidagi bahs 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com