

Angliya liga kubogi finalida "shaharliklar" "kanonirlar" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozonib, kubokni qo'lga kiritishdi. O'yindan so'ng Pep raqibni alohida etirof etdi.
"Biz ushbu g'alabani katta quvonch va mamnuniyat bilan nishonlayapmiz. Chunki "Arsenal" - "Bavariya" va balki "Barselona"ni hisobga olmaganda, hozirda Yevropadagi eng yaxshi jamoa", - dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, 22 mart kuni bo'lib o'tgan final bahsida Gvardiola shogirdlari Arteta jamoasini ishonchli tarzda mag'lub etishdi.



