

Ochkolar yo'qotilganiga qaramay, murabbiy o'yin sifatida qoniqqanini aytdi, biroq jarohatlanganlar bo'yicha xavotirli xabarlarni ma'lum qildi.
"Bor narsa - shu. Biz top-jamoaga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdik, afsuski, barcha ochkolarni qo'lga kirita olmadik".
Uchrashuv ikki asosiy himoyachi - Ruben Diash va Yoshko Gvardiolning jarohatlari bilan yodda qoldi. Gvardiolaning taxminlari esa salbiy ko'rinishda:
"Ko'rinishiga qaraganda, ularning ahvoli yaxshi emas, ertaga ko'ramiz. Menimcha, ular bir necha haftaga safdan chiqdi".
Eslatib o'tamiz, kecha "Chelsi" bilan o'yinning 51-daqiqasida jarohatlangan Yoshko Gvardiol o'rniga o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov maydonga tushgan va munosib o'yin namoyish etgan edi.



