Gorecka APL tomon yo'l olishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 noya 2024
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka kelasi mavsumda APLda o'ynashi mumkin.

29 yoshli futboolchi Vensan Kompani qo'l ostidagi "Bavariya"dagi holatidan mamnun emas. Shu sababli u jamoasini almashtirish niyatida.

"TEAMtalk" ma'lumotiga ko'ra, ayni damda unga "Manchester Yunayted" va "Union" klublari kurash olib borishadi. Lekin ayni damda mankunianliklarning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Chunki MYU yozda ham futbolchini sotib olishga harakat qilgan, biroq transfer ishlari amalga oshmagandi.

Leon Gorecka ushbu mavsum "Bavariya" tarkibida 9 o'yinda maydonga tushdi va faqatgina shularning bittasidagina asosiy tarkibdan o'rin olgan. Uning transfer summasi 22 mln evro atrofida baholanmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TEAMtalk