Gasperini: "Bu men uchun katta chaqiruv"

Mirjalol Normatov
6 iyun 2025
Jan Pero Gasperini "Roma"ga bosh murabbiy bo'lgani haqida gapirdi.

"Dastlabki taassurotlar juda yaxshi. Bu men uchun katta chaqiruv, menga aynan shunday chaqiruvlar kerak. Bu erga katta ishtiyoq bilan kelyapman. Bu esa men kutgan adrenalin bo'ladi.

Asosiy vazifa - muxlislarni o'zimizga jalb qilish. Mening jamoalarim doimo o'zgacha ko'rinishda bo'lishgan: intensiv va sifatli, doimo ko'plab gollar urishgan. Biz doimo ko'proq gol urib, kamroq o'tkazib yuborishni o'ylaymiz. Bu uslubni Rimda ham sinab ko'rmoqchiman", - dedi murabbiy.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: asroma.com