Turkiya Superligasi. "Galatasaroy" "Sivasspor"ga qarshi o'yinni birinchi bo'limdayoq hal qildi, Turg'unboev zaxirada qoldirildi

Alisher Ostonov
3 may 2025
Turkiya Superligasi 34-tur doirasidagi "Galatasaroy" - "Sivasspor" o'yini bo'lib o'tdi.

Lukas Torreyra, Barish Alpar Yilmaz va Viktor Osimxenning dubliga mehmonlardan Rey Manay 33-daqiqadagi goli bilan javob berdi.

"Sivasspor" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Aziz Turg'unboev bu safar ham maydonga tushirilmadi.




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia