“G'alaba qozonishimizga ishonchim komil”. Kurtua ECHLda "Man Siti"dan o'tish uchun "Real"ga nima kerakligini aytdi

Alisher Ostonov
7 mar 2026
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga qarshi o'yinlar haqida gapirdi.

"Bizga juda yuqori intensivlik kerak bo'ladi. Bizga muxlislarimiz "Benfiki"ga qarshi o'yinda bo'lgani kabi hayajonning eng yuqori darajasida bo'lishlari kerak. Bu "Santyago Bernabeu" stadionidagi ajoyib oqshom bo'lishi mumkin. Ishonchim komilki, biz g'alaba qozonamiz”, - dedi Kurtua.

"Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi dastlabki o'yin 11 mart kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi 17 mart kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Madrid Universal