Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshilari

Tolibjon Qosimov
19 avg 2019, 12:30
Tailand poytaxti Bangkok mezbonlik qilgan futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati ham o'z yakuniga etdi.

Mamlakatimiz chempioni AGMK to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritgan musobaqada Yaponiya chempioni "Nagoya Oushens" g'olib bo'ldi. Finalda ular o'tgan yilgi chempion Eronning "Mes Sungun" klubini taslim qilishdi. Bronza medallari esa olmaliqliklarni mag'lub etgan Vetnam chempioni "Tay Son Nam"ga nasib etdi. Musobaqaning finalbellashuvidan so'ng OFK eng yaxshilarni maxsus sovrinlar bilan taqdirladi.


Futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

Chempion: "Nagoya Oushens" (Yaponiya)

Vice-chempion: "Mes Sungun" (Eron)

Bronza: "Tay Son Nam" (Vetnam)


"Fair play" sovrini: "Mes Sungun" (Eron)

Musobaqa to'purari: Kazuya Shimizu ("Tay Son Nam", 10ta gol)

Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi: Tomoki Yoshikava ("Nagoya Oushens")

Tomoki Yoshikava o'z sovrini bilan.


Kazuya Shimizu to'purarga beriladigan sovrin bilan.


"Mes Sungun" sardori Farhod Fahim "Fair play" sovrinini qabul qilib oldi.


FOTO  AGMK futzal jamoasi tantanali kutib olindi 


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia