Futzal. Braziliya futzal terma jamoasi Toshkentga yetib keldi

Khoja
4 sen 2024
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning musobaqaga tashrifi davom etmoqda.

Bugun, 4 sentyabr kuni FIFA reytingi yetakchisi – Braziliya milliy terma jamoasi Toshkentga yetib keldi. 

O'FA va mahalliy tashkiliy qo'mita vakillari Braziliya milliy terma jamoasi delegaciyani kutib oldi hamda odatga ko'ra, mehmonlarga esdalik sovg'asi sifatida milliy do'ppimiz sovg'a qilindi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning uchta shahrida bo'lib o'tadigan futsal bo'yicha jahon chempionati 14 sentyabr kuni start oladi.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA