Futbol akademiyalari o'rtasidagi O'zbekiston kubogi o'z nihoyasiga etdi

Оқил Абдубарноев
8 mar 2026
Qashqadaryo viloyatida futbol klublari hamda respublika futbol akademiyalari ishtirokida U-17 O'zbekiston kubogi bahslari bo'lib o'tdi.

Markazlashgan tartibda tashkil etilgan musobaqada jamoalar o'rtasida murosasiz va shiddatli uchrashuvlar bo'lib, yosh futbolchilar o'z mahoratini namoyish etdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra sovrindor jamoalar:

1. Nasaf futbol akademiyasi

2. Toshkent shahar futbol akademiyasi

3. Andijon futbol akademiyasi

Shuningdek, musobaqa davomida o'zining yorqin o'yini bilan ajralib turgan bir qator futbolchilar turli nominaciyalar bo'yicha taqdirlandi.



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати