Fred: "MYU sovrinlar uchun kurashishni boshlashi kerak"

Mirjalol Normatov
21 fev 2022
"Manchester Yunayted" xavbeki Fred jamoaning sovrinlar uchun kurashishi kerakligi haqida gapirdi.

"Jamoaga ko'p narsa bera olishimga ishonaman. Bizda kuchli yarim himoyachilar juda ko'p, ular turli xil vazifalarni bajarishadi va istalgan paytda bir-birining o'rnini to'ldiradi.

Xatto maydonga tushmagan futbolchi ham qo'lidan kelgancha jamoaga yordam beradi. Asosiysi - g'alaba va sovrinlar uchun kurash. Biz hali ham YCHLdamiz va ushbu turnirni yutishga harakat qilamiz, APLda esa maksimal ravishda eng yuqori o'rin sari intilamiz", - dedi braziliyalik.

Fred ushbu mavsumda APLda 20 o'yinda qatnashib, 3 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports