Fransiya termasida 89 yil o'tib, asosiy tarkibda aka-ukalar maydonga tushdi

Mirjalol Normatov
8 okt 2021, 14:55
Turinda Belgiya va Fransiya termalari Millatlar ligasining finali uchun kurash olib bordi.

Francuzlar asosiy tarkibida aka-ukalar - Teo va Lyuka Ernandes maydonga tushdi.

Shu orqali Fransiya termasida 89 yil o'tib, ilk marta asosiy tarkibda aka-ukalar ko'rinish berdi.

So'nggi bora bu holat 1932 yili Jan va Lyusen Loren bilan sodir bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal