

Musobaqa "Uber Liga 1" o'rniga "McDonalds Liga 1" deb nomlanadi. Bu haqda "La Gazette Du Fennec" xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, McDonalds Fransiya chempionatining neyming huquqi uchun yiliga 20 million evro to'laydi. Avvalgi hamkor Uber yiliga 15 million evro to'lagan. Biroq Lionel Messi va Neymar timsolidagi asosiy yulduzlar Liga 1 dan ketganidan keyin, shuningdek, Kilian Mbappening kyetish ehtimoli yuqori bo'lganidan so'ng Uber yangi mavsum uchun taklifini qisqartirdi.
Fransiya chempionati yangi hamkorlar izlashni boshladi va McDonalds tez ovqatlanish tarmog'i bilan kelishuvga erishdi.
Qayd etilishicha, kelishuv rasman e'lon qilinmagan, chunki tomonlar haligacha barcha huquqiy masalalarni hal qilmagan – muzokaralar davom etmoqda.



