Fozil Musaev, Obid Jo'raboev, Mo'min Meliev va boshqalar - Pro liga 1-turi ramziy terma jamoasi

Iskandarov Abdulaziz
17 mar 2024
Shu kungacha faqat Superligada tur ramziy terma jamoasi va laureatlari e'lon qilinib kelinar edi.

Endilikda saytimiz ijodiy jamoasi 2024 yilgi mavsumdan boshlab Pro ligada ham har bir turdan so'ng ramziy jamoani tuzadi va e'tiboringizga havola qilib boradi. Chempionat startida muxlislar jami 4 ta o'yinda 2 ta gol guvohiga aylanishdi. Ilk turda darvozabonlar katta sahnaga chiqishdi va o'z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi. 

Pro liga 1-tur ramziy terma jamoasi (5-4-1)

Darvozabon: Umidjon Hamroev ("Mashal)

Himoyachilar: Shukurali Po'latov ("Sho'rtan"), Muhammadali Namozov ("Mashal"), Abror Xo'sinov ("Xorazm"), Obid Jo'raboev ("Aral"), Zafar Akramov ("Qo'qon-1912")

Yarim himoyachilar: Fozil Musaev ("Buxoro"), Salamat Kutibaev ("Aral"), Temur Ismailov ("Xorazm"), Izzatulla Kutibaev ("Aral")

Hujumchi: Mo'min Meliev ("Xorazm")


Pro liga turnir jadvali bu erda >>>>> PRO LIGA


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia