"Al Haldiya" O'zbekistonga yetib keldi

Sherzod Nurmatov
20 okt 2025
"Andijon" OFK Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvi doirasida o'z maydonida Bahraynning "Al Haldiya" klubini qabul qiladi.

Bugun mehmon jamoa Ashxobod–Andijon yo'nalishi bo'yicha Andijon viloyatiga yetib keldi.

"Al Haldiya" vakillarini Andijon xalqaro aeroportida Andijon futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov hamda futbol jamoatchiligi kutib oldi.

Bahs 22 oktyabr kuni "Bobur Arena"da 18:45 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia