Fosu-Mensa "Manchester Yunayted"ni tark etishga qaror qildi

Alisher
30 dek 2020, 14:15
Himoyachi Timoti-Fosu-Mensa qishki transferlar oynasida "Manchester Yunayted"dan kyetishga yaqin.

Manchester klubi niderlandiyalik futbolchiga 3,5 yillik yangi shartnoma taklif qilgan, ammo o'yinchi shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va klubini o'zgartirishga qaror qildi.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Timotining faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan klublar orasida Fransiyaning "Marsel" va Germaniyaning "Gerta" klublari tilga olinmoqda.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 1ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal