Fonte: "Real"ga qaytish? Bu Ronaldu uchun zo'r variant"

Aziz Tukhtamuradov
8 iyul 2022
"Lill" futbolchisi Joze Fontening fikricha, Ronaldu "Real"da faoliyatini davom ettirishi kerak.

"Ronaldu YCHLni yaxshi ko'radi, bunga shubha yo'q. Bu uning sevimli musobaqasi. U "Oltin to'p" olish uchun qanday o'ynash kerakligini biladi. Krishtianu sovrinlar va "Oltin to'p" uchun kurashishi lozim. 

Balki u MYUda sovrin olishga shubha qilayotgandir. O'zi yaxshiroq biladi. "Real"ga qaytish? Bu Ronaldu uchun yaxshi variant. Uni qaytarishni istashadimi yoki yo'qmi - bu boshqa masala. "Bavariya"ga o'tish shunisi bilan qiziqki, Ronaldu u yerda sovrin olishi va "Oltin to'p" uchun kurashishi mumkin", - dedi Fonte. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal.com