Foden bugun o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
31 avg 2025, 14:50
Bugun APLning 3-turida "Manchester Siti" safarda "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi.

"Shaharliklar" futbolchisi Fil Foden jarohati sababli bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.

U to'pig'idan jarohat olgan. Foden ertaroq tiklanishi kutilgandi. Ammo uning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi.

Foden ushbu mavsumda APLda faqatgina bir o'yinda - "Tottenxem"ga (0:2) qarshi bahsda 15 daqiqagina o'ynadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: City Xtra