FIFA yilning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi

Оқил Абдубарноев
14 sen 2023, 19:40
Ular orasida Tottenxem murabbiyi ham bor.

Sovringa davogarlar qatoridan Pep Gvardiola (Manchester Siti), Simone Indzagi (Inter), Enj Postekoglu (Seltik/Tottenxem), Luchano Spaletti (Napoli) va Xavi (Barselona) o'rin olgan.

Ro'yxatni tuzishda 2022 yil 19 dekabrdan 2023 yil 20 avgustgacha bo'lgan davrda erishilgan yutuqlar hisobga olingan.

Bugundan boshlab muxlislar FIFA rasmiy saytida eng yaxshi murabbiy va futbolchiga ovoz berishlari mumkin.

FIFAning The Best sovrini uchun nomzodlar e'lon qilindi


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: FIFA