Rasman: "Metallurg" qayta tiklandi

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2026
2024 yilning dekabr oyida faoliyati to'xtatilgan klub qayta yo'lga qo'yildi.

"O'zmetkombinat" AJ tashabbusi bilan klub faoliyati qayta ishga tushirildi. 

"Metallurg" futbol akademiyasida Bekobodga katta futbol qaytishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, "O'zmetkombinat" AJ rahbari Bahodir Abdullaev va boshqa mutasaddilari ishtirok etdi.

Endilikda "Metallurg" Pro ligada ishtirok etadigan bo'ldi. Futbol mutaxassisi Ulug'bek Mirzaev klub direktori etib tayinganlan bo'lsa, jamoa bosh murabbiyi lavozimini Ilhom Mo'minjonov egalladi. Murabbiylar shtabi oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yildi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia