FIFA yana bir terma jamoani diskvalifikaciya qilishi mumkin

Khoja
19 iyul 2024, 09:19
Isroil G'azo sektoridagi harbiy harakatlari davomida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) qoidalarini buzgani uchun futbol bilan bog'liq barcha faoliyatdan chetlatilishi mumkin.

Falastin futbol assotsiatsiyasi may oyidayoq Isroilning diskvalifikaciyasini so'rab, FIFAga talabnoma jo'natgan. O'z navbatida FIFA bunga zudlik bilan huquqiy baho berilishi lozimligini ma'lum qilib, bu masala iyul oyida tashkilot kengashining navbatdan tashqari yig'ilishida ko'rib chiqilishiga vada bergandi.

Qayd etilishicha, Osiyo futbol konfederatsiyasi ham Falastinning Isroilni FIFA bayrog'i ostida o'tadigan barcha rasmiy turnirlardan chetlatish haqidagi talabnomasini qo'llab-quvvatlagan.

Eslatib o'tamiz, FIFA va UEFA so'nggi marta 2022 yilning 28 fevral kuni Rossiyani Ukrainadagi harbiy harakatlari uchun o'z bayrog'i ostida o'tadigan barcha xalqaro turnirlardan chetlatganini e'lon qilgandi.



KhojaMuallif
Manba: championat.com