FIFA Ronaldu muxlislarining tanqidlari ortidan Jahon chempionati posterini o'chirib tashladi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2025
Jahon chempionatidagi 48 ta jamoadan 42 tasi aniq bo'lib ulgurdi.

FIFA buni barcha qatnashchilar tasvirlangan poster bilan qayd etdi, ammo keyinchalik uni olib tashladi.

Postyerda Lionel Messi paydo bo'ldi, ammo Krishtianu Ronaldu yo'q edi. Afsonaviy portugaliyalikning muxlislari bu voqeadan g'azablandi va FIFAning ijtimoiy tarmoq menejerlari postni o'chirishga majbur bo'ldi.

Internetda hech narsa izsiz yo'qolmaydi va bu poster ham saqlanib qoladi. Biroq uni FIFAning ijtimoiy tarmoqlarida topa olmaysiz.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu kuni kecha Oq uyda mehmon bo'lgan va AQSH prezidenti Donald Tramp bilan tushlik ham qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca