

Ushbu o'yin oldidan "Marakana" stadioni tribunasida tartibsizliklar bo'lgan va shu sababli o'yin vaqti ortga surilgandi.
Argentina futbol assotsiatsiyasi tribunadagi tartibsizliklar va o'yin vaqti kechikishida ayblanmoqda. Braziliya futbol konfederatsiyasi esa xavfsizlikni taminlay olmagani uchun jazoga tortilishi mumkin.
O'yin oldidan bo'ladigan madhiya tugagach, tribunada muxlislar o'rtasida mushtlashuv boshlangandi. Shundan so'ng jamoalar kiyinish xonasiga kirib kyetishgan, uchrashuv esa belgilanganidan 27 daqiqa kech boshlangan. Argentina uchrashuvda 1:0 hisobida g'alabaga erishgandi.



