

Bugun O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vice-prezidenti Ravshan Ermatov va O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Farruh Ikromovning xonadonida bo'lib, futbolchining salomatligi va ahvolidan xabar olishdi.
O'FA tomonidan futbolchining tezroq sog'ayib, safga qo'shilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ma'lum qilindi. Shu o'rinda takidlash kerak, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Farruh Ikromovni davolashga Italiyaning mashhur jarrohlaridan biri Paolo Marianini jalb etdi.
23 sentyabr kuni Ikromov Italiya poytaxti Rimga, "Villa Styuart" klinikasiga yo'l oladi va u yerda professor Mariani tomonidan operaciya qilinadi.



