Fabio Kapello: "APL - boshqa sayyora"

Mirjalol Normatov
21 fev 2026, 01:07
Fabio Kapello nima sababdan A Seriya APLdan ortda qolishini aytdi.

"Xato ildizdan boshlanadi: futbol maktablarida driblinglar taqiqlangan, yoshlarga bosim beriladi, ular faqatgina taktika ustida ishlashadi va tezlik unutiladi. A Seriya jamoalari to'p bilan ko'p harakat qilishadi, boshqa ligalarda esa jamoalar to'p bilan tezroq o'ynashga intilishadi.

APL - boshqa sayyora, u yerda ko'p narsa to'g'ri ishlaydi: to'p uchun kurash, hakamlik, tezlik, kuch. Hozir eng yaxshilar Angliyaga borishmoqda. Bizda yaxshi futbolchi paydo bo'lishi bilan ular bizdan uni olib qo'yishadi. Lekin umuman olganda bizda futbolga e'tibor umuman noto'g'ri", - dedi "Yuventus" sobiq ustozi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport