Eyji Kavashima faoliyatini NEK safida davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2016
Yaponiyalik darvozabon Eyji Kavashima Shotlandiyaning "Dandi Yunayted" klubini tark etib, Gollandiyaning NEK jamoasiga o'tadi.

Kavashima 2015 yilda "Dandi"ga qo'shilgan edi, ammo u Shotlandiya jamoasida yaxshi taassurot qoldira olmadi. Klub mamlakat chempionatida so'nggi o'rinni egallab, ikkinchi darajali ligaga tushib ketganidan so'ng, shartnoma bekor qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kavashima yangi mavsumda NEK sharafini himoya qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Channel Asia