"Everton" Rondonga qiziqmoqda

Alisher
6 avg 2021
Xitoyning "Dalyan Pro" klubi hujumchisi Xose Salomon Rondon faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

31 yoshli vunesuelalik futbolchi klubning moliyaviy muammolari sabab "Dalyan Pro" bilan shartnomasini bekor qilishi mumkin.

O'yinchiga "Everton" va shaxsan forvard bilan birga ishlagan bosh murabbiyi Rafael Benites qiziqmoqda.

Rondon bunga qadar "Rubin", "Zenit", SSKA, "Nyukasl" va "Vest Bromvich" klublarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun