

Eshitishimizga qaraganda, Nasaf gruziyalik yarim himoyachi bilan tez orada rasman shartnoma imzolaydi. Jaba Jigauri faoliyatining asosiy qismini mamlakatning ikki grand jamoalari - Dinamo Tbilisi va Dinamo Batumida muvaffaqiyatli o'tkazgan. Shuningdek, Jigauri faoliyati davomida Fransiya, Makedoniya va Qozog'iston ligalarida ham o'ynagan.
Jabaning maydondagi asosiy poziciyasi markazda bo'lib, futbolchi markaziy va hujumchi ortida insayd rolida ham o'ynashi mumkin. Jigauri yarim himoyachi bo'lishiga qaramasdan faoliyati davomida 86ta gol urib, 40 marotaba assist qayd etgan.
Jaba Jigauri Gruziya milliy jamoasi a'zosi sanaladi va termada 22ta o'yin o'tkazgan.
Jaba Gruziya futbolining yorqin yulduzi Xvicha Kvaratsxeliya bilan Batumida birga to'p tepgan.
Futbolchi tez orada Qarshiga kelishi kutilmoqda.





