Eshitdik-da! Mirjahon Mirahmadov AGMKda

Alisher
22 iyul 2022, 13:22
"Paxtakor" hujumchisi Mirjahon Mirahmadov kecha jamoadan ketgani haqida xabar bergan edik.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, Mirahmadov ikkinchi davrani katta ehtimol bilan AGMK klubida boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, hujumchi birinchi davrada "sherlar" safida Superligada 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Raqiblar darvozasiga esa yo'l topa olmagan. Faqatgina OCHL so'nggi turida "Al Taavon"ga qarshi o'yinda gol urdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia