Ertaga Bekobodga katta futbol qaytadi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2026, 16:10
Ertaga, 10 aprel kuni Proliganing 2-turidan o'rin olgan bahslar start oladi.

Bekobodda yangi futbol mavsumining tantanali ochilish bayrami hamda "Metallurg" - Respublika FA uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bellashuv Bekobod shahridagi "Metallurg" markaziy stadionida bo'lib o'tadi va soat 18:00da start oladi.

O'yindan avval soat 16:30dan boshlab stadionda katta bayram va koncert dasturi o'tkaziladi.

Koncert dasturida taniqli estrada vakillari "Bojalar" guruhi, Suhrob Hamdamov hamda el suygan sanatkorlar o'zlarining qo'shiqlari bilan barchani xushnud etishadi.

6457568 copy.png


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати