Eron. "Istiqlol"da g'alaba, Rustam Ashurmatov to'liq o'ynadi

Mirjalol Normatov
17 okt 2025
Eron chempionatining 7-turida Tehronning "Istiqlol" jamoasi o'z maydonida "Mes Rafsanjan" jamoasini kichik hisobda mag'lub etdi.

Uchrashuvda hamyurtimiz Rustam Ashurmatov to'liq 90 daqiqa harakat qildi va 54-daqiqada sariq kartochka ishlab oldi.

Qayd etish kerak, "Istiqlol" chempionatdagi so'nggi 4 o'yinida durang qayd etgandi. Ayni damda jamoa turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia