Eddi Xau: "YCHLdan chiqib ketganimizdan keyin ruhan tiklanish oson bo'lmadi"

Mirjalol Normatov
17 dek 2023, 17:51
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoa evrokuboklardan chiqib ketganidan keyin qanday holatda ekanligini aytdi.

"Fulxem" mag'lub etilganidan xursandman, ayniqsa bu hafta o'rtasida o'tgan o'yindan keyin bo'lgani meni xursand qildi. Yevropa chempionlar ligasidan chiqib ketganimizdan keyin ruhan tiklanish oson bo'lmadi. Ikki muhim futbolchimiz jarohat oldi. Barchasi bizning zararimizga ketayotgandi.

Sher va Joelintonning jarohatlari? Nimadir deyish qiyin, biroq ular unchalik yomon ko'ringani yo'q. Biroq ularni almashtirishga to'g'ri keldi. Ularni qisqa muddat maydonga tushirish ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin", - dedi Xau.

"Nyukasl" YCHLning F guruhida 5 ochko to'plagan holda 4-o'rinni egallab, evrokuboklarni tark etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC Sport