YCHLda hafta futbolchisi va 1-turning eng chiroyli goli aniqlandi

Eldor Akmurzayev
9 sen 2022, 09:20
Musobaqa matbuot xizmati ilk turning eng yaxshilarini e'lon qildi.

Unga ko'ra, “Barselona” forvardi Robert Levandovski hafta futbolchisi nomiga loyiq ko'rildi. U “Viktoriya Plzen”ga qarshi bahsda (5:1) xet-trikka erishdi va umumiy darvoza tomon 6 bor zarba yo'lladi.


Kilian Mbappe esa haftaning eng chiroyli goli muallifiga aylandi. Francuz “Yuventus” bilan (2:1) o'yinning 5-daqiqasida Neymarning ajoyib uzatmasidan keyin to'pni to'xtatmagan holda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Shuningdek, u 1-taym o'rtalarida dublni rasmiylashtirdi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA