YCHL. Joau Mariu “Benfika”da Eysebioning tarixiy rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
8 mar 2023
Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsida “Benfika” 5:1 hisobida “Bryugge”ni taslim etdi.

Lissabonliklar yarim himoyachisi Joau Mariu YCHLda qatorasiga beshinchi o'yinda gol urib, klub rekordini takrorladi. Avvalroq, bunday natijaga 1963/64 yilgi mavsum Eysebio erishgandi.

Mariu PSJ, “Yuventus”, “Makkabi” va “Bryugge” darvozasini ishg'ol etishga erishdi. U joriy musobaqadagi gollarini 6 taga etkazdi. Shuningdek, uning hisobida 2 ta assist ham bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com