YCHL guruh bosqichining eng yaxshi goli aniqlandi

Оқил Абдубарноев
11 noya 2022
PSJ hujumchisi Lionel Messining “Benfika” darvozasiga kiritgan to'pi Chempionlar ligasi guruh bosqichining eng yaxshi goli deb topildi.

3-tur uchrashuvida PSJ safarda “Benfika” bilan bahs olib bordi (1:1). 35 yoshli argentinalik futbolchi jarima maydonchasi yaqinidan raqib darvozasini ishg'ol qildi.

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Dortmundning “Borussiya”siga (2:1) qarshi 2-tur uchrashuvida kiritgan to'pi muxlislar ovozlariga ko'ra, ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rinni ham Messining beshinchi turda Isroilning “Makkabi”siga qarshi o'yindagi goli (7:2) egalladi.

PSJ hujumchisi joriy mavsumda 18 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: uefa.com