Bosniyalik yoshlar Isroil bilan o'yindan oldin qo'l berib ko'rishishni rad etishdi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan Bosniya va Gertsegovina hamda Isroil yoshlar terma jamoalari (U-21) o'rtasidagi bahsda noxush vaziyat yuz berdi.

Vengriyada o'tkazilgan o'yin oldida mezbon jamoaning ayrim futbolchilari raqib bilan salomlashishdan bosh tortishdi.

Uchrashuv boshlanishidan oldin o'tkaziladigan ananaviy salomlashish marosimida Bosniya va Gertsegovina yoshlar terma jamoasining bir nechta a'zosi isroillik futbolchilarning qo'lini siqmasdan, shunchaki yonidan o'tib kyetishdi.

Mazkur bahs golsiz durang - 0:0 hisobida yakunlandi. Biroq o'yindan ko'ra, maydondagi siyosiy va axloqiy vaziyat ko'proq muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Ushbu holat bo'yicha UEFA tomonidan biror-bir intizomiy chora ko'rilishi yoki ko'rilmasligi hozircha noma'lum.

Eslatib o'tamiz, so'nggi vaqtlarda xalqaro maydondagi siyosiy jarayonlar sababli sport musobaqalarida shunga o'xshash norozilik chiqishlari tez-tez kuzatilmoqda.

VIDEO TELEGRAM KANALIMIZDA


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport5