Eberechi Eze ushbu natijaga erishgan tarixdagi ilk futbolchi

Khoja
24 noya 2025
Kecha "Arsenal" London derbisida "Tottenxem"ni yirik 4:1 hisobida mag'lub etdi.

"To'pchilar" safida Eberechi Eze uchta gol urishga erishdi. Shu tariqa, hujumkor yarim himoyachi Shimoliy London derbisida xet-trik qayd etgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. 

27 yoshli futbolchi o'tgan yozda "Arsenal"ga ko'chib o'tgandi. Eberechi Eze joriy mavsum barcha musobaqalarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 5 ta gol va 3 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com