Doriev Shimoliy Makedoniya milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi

Alisher Ostonov
10 mar 2026, 23:31
"So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev Shimoliy Makedoniya terma jamoasidan chaqiruv oldi.

"So'g'diyona" futbol klubi hujumchisi Lyupcho Doriev Makedoniya milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Terma jamoa 2026 yilgi Jahon chempionati Yevropa saralash bosqichi doirasida 26 mart kuni Daniyaga qarshi (Kopengagen) hamda 31 mart kuni Irlandiyaga qarshi (Dublin) uchrashuvlarda maydonga tushadi.

Jamoamiz safida o'zining yorqin o'yinlari bilan ajralib turgan hujumchimizga Makedoniya milliy terma jamoasi safidagi bahslarda omad tilaymiz!", - deyiladi klub xabarida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати