Donnarumma "Manchester Siti"da - Here We Go!

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025
"Manchester Siti" PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shartnoma imzolamoqda.

Italiyalik futbolchining transferi bugun, oynasi yopilishi arafasida e'lon qilinadi. Insayder Fabricio Romanoga ko'ra, kelishuv "shaharliklar"ga 39 mln evroga tushadi. Darvozabon ingliz grandi bilan 5 yillik shartnomani kelishib olgan. U yiliga 13 mln evro maosh va 2 mln bonusga ega bo'ladi.

Janluiji Donnarumma "Manchester Siti" Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasiga o'tayotgan Ederson o'rnini egallaydi.

26 yoshli darvozabon 2021 yildan buyon PSJ sharafini himoya qiladi; Fransiyaga ko'chib o'tishdan oldin o'z vatanida "Milan"da o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano