"Dinamo" "Zenit"dan minimal hisobda engildi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2026
"Dinamo" jamoasi BAAdagi ikkinchi yig'ini doirasidagi birinchi uchrashuvni Abu-Dabida "Zenit"ga qarshi o'tkazdi.

O'yin oldidan "Zenit" "Al Nassr"dan Jon Duran transferini amalga oshirgan bo'lsa-da, bu bahsda maydonga tushirilmadi. Shunga qaramay, Sergey Semak ham, Vadim Abramov ham uchrashuvni jangovar tarkibda boshladi.

Birinchi bo'limda Aleksandr Eroxin Rossiya klubining yagona goliga mualliflik qildi, samarqandliklardan esa Aziz Amonov yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi – 1:0.

Ikkinchi bo'lim Samarqand jamoasi ustunligida o'tgan bo'lsa-da, Vadim Abramov shogirdlari bir qator imkoniyatlarni ko'kka sovurdi. Bahsda Rossiyaning 10 karra chempioni minimal hisobda ustun keldi. 

O'rtoqlik o'yini

"Zenit" (Rossiya) – Dinam 1:0

Gol: Aleksandr Eroxin 5'

"Dinamo": Edem Nemanov, Sanjar Qodirqulov, Mahammadu Dembele, Jahongir O'rozov, Jaloliddin Jumaboev, Til Mavretich, Nurillo To'xtasinov, Jahongir Abdusalomov, Aziz Amonov, Anvar Hojimirzaev, Firdavs Abdurahmonov.

Zaxiradan tushganlar: Ulug'bek Hoshimov, Xislat Xalilov, Rasul Yo'ldoshev, Behruzbek Obloqulov, Abdulahad Hoshimov, Akbar Xudoyberdiev, Bektemir Abdumannonov, Dramane Salou, Ulug'bek Abdullaev.



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia