"Dinamo" nazorat bahsida Tojikiston klubini yirik hisobda yutdi, Stanoevich burchak zarbasidan gol urdi

Sherzod Nurmatov
10 fev 2025, 15:23
"Dinamo" Toshkentdagi ikkinchi yig'inini g'alaba bilan yakunladi.

Vadim Abramov shogirdlari bugun, 10 fevral kuni nazorat o'yinida Tojikistonning "Regar TadAZ" jamoasiga qarshi maydonda saf tortib, raqibdan yirik – 4:0 hisobida ustun keldi.

5-daqiqada Stanoevich burchak zarbasidan raqib darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa (VIDEO), bo'lim yakunida Hojimirzaevning uzatmasini Qodirqulov golga aylantirdi. Ikkinchi bo'limda esa Anvarning o'zi hisobni yiriklashtirdi, ko'p o'tmay ko'rikdagi Abdulahadjon Hoshimov to'rtinchi goliga mualliflik qildi – 4:0.

"Dinamo" – "Regar-TadAZ" (Tojikiston) 4:0

Toshkent. Odil Ahmedov akademiyasi maydoni

Gollar: Marko Stanoevich 5', Sanjar Qodirqulov 43', Anvar Hojimirzaev 67', Abdulahadjon Hoshimov 75'

"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Jahongir O'rozov, Oleksandr Kucherenko, Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, Salim Mustafoev, Duglas Maykon, Ratino, Marko Stanoevich, Sanjar Qodirqulov, Anvar Hojimirzaev, Mirjahon Mirahmadov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Nemanov, Abdullaev, Jumaboev, Abdurahmonov, Safarov, Hoshimov


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати