

Aynan jiddiy e'tibor natijasida “Dinamo” 2019 yilgi Superliga klublari qatoridan o'rin oldi. Yangi mavsumga “Dinamo” jamoasi jiddiy hozirlik ko'rmoqda.
Bu borada Samarqandda o'tadigan har bir uchrashuvni bayramona tarzda tashkil etish va o'tkazishga jonkuyar muxlislarning o'rni katta. Jumladan, Superliga 1-turidagi 9 mart, shanba kuni bo'lib o'tadigan “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvigacha muxlislar katta tayyorgarliklarni rejalashtirgan.
Xususan, “Dinamo” fan-klubini qayta rasman tashkil etish, muxlislar klubiga yetakchilarni tanlash, yangi mavsum reja va maqsadlarni belgilab olish, stadionda samarqandcha mehmondo'stlik va muxlislik madaniyatini oshirish hamda jonkuyar muxlislar fikr va takliflarini eshitish uchun - 28 fevral, payshanba kuni soat 14:00da Dinamo jamoasining barcha muxlislarini Dinamo stadionida o'tadigan muxlislar yig'ilishiga taklif etib qolamiz.




